SP-Press – bu zamonaviy nashriyot platformasi boʻlib, kitoblarni nashr etish uchun anʼanaviy qogʻoz formatiga nisbatan koʻproq imkoniyat va qulaylik yaratuvchi toʻliq raqamli yechimlarni taqdim etadi. Nashriyot monografiya va tahrirlangan ilmiy toʻplamlaringizni elektron koʻrinishda nashr etib, ularni jahon miqyosida tarqatish hamda keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishda yordam beradi.

SP-Press nashriyoti Open Monograph Press  (OMP) platformasiga asoslangan boʻlib, ushbu platforma orqali ilmiy asar va kitoblaringizni qabul qilishdan tortib, tahrir va nashr etishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni samarali tashkil etishga yordam beradi. Open Monograph Press  (OMP) platformasi bilan mana bu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin: https://pkp.sfu.ca/software/omp/.

Nashriyot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 567343-sonli tasdiqnomasiga koʻra, noshirlik faoliyatini olib borish huquqiga ega.

Nega aynan SP Press nashriyot platformasi?

- Oson va qulay nashr etish jarayoni

Muallif SP Press platformasidagi qulay interfeys orqali kitob qoʻlyozmasini yuklayadi, soʻng biz tahrir qilish va nashrga tayyorlash jarayoni boshlaymiz.

- Taqrizlash va tahrir jarayoni

Mualliflarimiz uchun barcha qoʻlyozmalar mutaxassislar tomonidan ichki va tashqi taqrizlash jarayonlaridan oʻtishi taʼminlanadi. Har bir kitobingiz professional muharrirlar va taqrizchilar tomonidan batafsil koʻrib chiqiladi.

-  Jarayonni kuzatish

Mualliflar qoʻlyozmalarining holatini real vaqt rejimida kuzatishlari mumkin. Har bir yangilanish haqida tezkor xabar beriladi, bu esa ish jarayonini tezlashtiradi.

- Bir nechta formatlarda nashr etish

Biz sizga kitobingizni raqamli shakllarda nashr etish imkoniyatini beramiz. Kitoblaringiz PDF, ePub, HTML va boshqa formatlarda dunyo boʻylab keng tarqatilishi mumkin.

- Global auditoriyaga chiqish

SP Press sizga kitoblaringizni Google Scholar, OAI-PMH va ONIX tizimlari orqali dunyo boʻylab tadqiqotchilarga yetkazish imkoniyatini taqdim etadi. Bu sizning ilmiy ishlaringizning koʻproq oʻquvchilarga yetib borishini kafolatlaydi.

- ISBN, DOI va BISAC

 Kitobingizga Scopus platformasida indekslash imkoniyatini beruvchi ISBN, DOI va BISAC kabi xalqaro standartga ega raqamlarni olib beramiz.

-  Kitoblaringizni sotish imkoniyati

Kitoblaringizni onlayn va offlayn tarzda sotish imkoniyati mavjud. Biz orqali oʻz katalogingizni yaratish va daromad olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

SP-Press mualliflar uchun tezkor, qulay va samarali nashr etish imkoniyatini beradi. Ilmiy va ijodiy ishlaringizni keng auditoriyaga yetkazishni istasangiz, biz bilan hamkorlik qilishga taklif qilamiz.