Mualliflarga qoʻllanma

1.Umumiy qoidalar

Elektron koʻrinishdagi monografiya, ilmiy toʻplam yoki boshqa kitob (keyingi oʻrinlarda – ilmiy asar) qoʻlyozmasini  rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:

matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bogʻliqlikda boʻlishi;

tarkibiy qismlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;

ilmiy asar qoʻlyozmasida bayon qilingan xulosalar  ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, yetarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan boʻlishi.

2.Qoʻlyozma matnini rasmiylashtirish uchun qoʻyiladigan talablar

Maqolaning formati – A4 kitobiy (knijnaya), Microsoft Word (*.doc yoki *.docx) formatda boʻlishi kerak.

Matning chap, oʻng, tepa va past yonlaridan qoldiriladigan oʻlcham – 2 sm.

Shrift– Times New Roman, 12 kattalikda.

Maqola matni uchun qatorlar oraligʻi– 1,5.

Maqola matni – kengligi boʻyicha (po shirine) tekislangan boʻlishi kerak.

Sahifalar – oʻng pastki burchakda raqamlanadi.

Har xil grafik va jadvallar  300 dpi sifatida va aniqlikda boʻlishi lozim.

Ilmiy asar matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola uning foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, ilmiy asar matnining oʻzida alohida koʻrsatiladi (masalan: [1; 25–26- b.]).

Ilmiy asar hajmi – 300 betdan oshmasligi tavsiya etiladi.

  1. Qoʻlyozmaning tuzilishi

Qoʻlyozma quyidagi tartibda tuzilgan boʻlishi kerak:

  1. Titul sahifasi
  • Monografiyaning toʻliq nomi (bosh harflarda, Times New Roman, 16, qalin)
  • Muallif(lar)ning toʻliq ismi-sharifi, ilmiy darajasi va lavozimi
  • Tashkilot nomi
  • Nashriyot nomi va nashr yili
  1. Annotatsiya (oʻzbek, rus va ingliz tillarida)
  • Annotatsiya hajmi 200-300 soʻzdan iborat boʻlishi lozim.
  • Kalit soʻzlar (5-7 ta)
  1. Mundarija
  • Barcha boʻlim va boblarning raqamlanishi va bet raqamlari koʻrsatilishi kerak.
  1. Kirish
  • Muammoning dolzarbligi
  • Tadqiqot maqsadi va vazifalari
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati
  • Tadqiqot metodologiyasi
  1. Asosiy qism
  • Nazariy asoslar va tahlil
  • Tadqiqot usullari va natijalari
  • Jadvallar, diagrammalar va grafiklar (barcha tasvirlar aniq tavsiflanishi lozim)
  • Har bir boʻlim raqamlangan boʻlishi (masalan, 1.1, 1.2)
  1. Xulosa va tavsiyalar
  • Tadqiqot natijalari va ularning tatbiq etilishi
  • Ilmiy tavsiyalar va kelgusi tadqiqot yoʻnalishlari
  1. Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida berilishi kerak. Quyidagi formatda boʻlishi tavsiya etiladi.

1. APA (American Psychological Association):

1. Kitob uchun:

 Smith, J. (2020). Introduction to Research Methods. Cambridge University Press.

2. Jurnaldagi maqola uchun:

Smith, J., & Brown, T. (2020). The effects of environmental changes on biodiversity. Journal of Ecology, 35(4), 123–145. https://doi.org/10.1234/joec.2020.5678

3. Onlayn manba uchun: World Health Organization. (2023). Global health statistics 2023. Retrieved from https://www.who.int/statistics

  1. Chicago Manual of Style
  2. Kitob uchun:

Smith, John. Economic Impacts of Climate Change. New York: Oxford University Press, 2020.

  1. Jurnal maqolasi uchun:

Brown, Alice. "Effects of Global Warming on Agriculture." Journal of Environmental Studies 45, no. 3 (2021): 112-130.

  1. Onlayn manba uchun:

World Health Organization. Global Health Report 2023. Accessed April 20, 2023. https://www.who.int/statistics.

  1. 4. Ilovalar